AsosiyJamiyat

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xattotlik maktabi tashkil etildi

Темурийлар даврида хаттотлик санъати юксак тараққиёт чўққисига кўтарилиб, маданий юксалиш рамзига айланган.

'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xattotlik maktabi tashkil etildi'ning rasmi

O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazida Xattotlik maktabini tashkil etildi. Mazkur muhim ilmiy-ma’rifiy loyiha buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan «Temuriylar davri xattotlik merosi — an’analar davomiyligi» mavzusidagi seminarda e’lon qilindi. 

Seminar islom san’ati, tarix va filologiya sohalaridagi yetakchi mutaxassislarni birlashtirib, xattotlik san’atining ma’naviy va madaniy ahamiyatini keng muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi. 

-  Xattotlik maktabi Islom tsivilizatsiyasi markazida ochish tashabbusi 2025 yil 29 yanvarida muhtaram Prezidentimiz tomonidan taklif etilgandi. Bir yil o‘tgach, ushbu tashabbusni barcha xalqaro tashkilotlar qo‘llab-quvvatlab, Temuriylar tamadduniga bag‘ishlangan konferensiya doirasida bu loyihaga start berildi. Xattotlik maktabining tashkil etilishi mamlakatimizda madaniy merosni asrash va targ‘ib etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomidir, - dedi F. Abduxoliqov tadbir ishtirokchilariga qaratilgan nutqida.

Qayd etilganidek, Temuriylar davrida xattotlik san’ati yuqori taraqqiyot cho‘qqisiga ko‘tarilib, madaniy yuksalish ramziga aylangan. Olimlar taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Temur markazlashgan davlat barpo etgach, turli o‘lkalardan eng mohir xattotlarni poytaxtga jamladi. Suls, nasta’liq va kufiy xat turlari o‘zining cho‘qqisiga chiqdi. Qur’oni Karimning "Boysunqur" nusxasi kabi ulug‘vor asarlar bitildi.

Xalqaro ekspertlar ushbu tashabbusni yuqori baholadilar. Jumladan, IRCICA bosh direktori Mahmud Erol Qilich islom xattotligining jahon madaniyatidagi o‘rni, uning yuqori estetik va ma’naviy qiymati haqida fikr bildirdi. Turkiya Qo‘lyozma asarlar boshqarmasi raisi Jo‘shqin Yilmaz Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar haqida ma’lumot berib, ularning katta qismi Markaziy Osiyo tarixi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Buyuk Britaniyadagi Al-Furqan Islamic Heritage Foundation direktori Sali Shaxsuvari esa Temuriylar davrini haqiqiy ma’rifiy va madaniy uyg‘onish davri sifatida baholadi.

Ta’kidlanishicha, Xattotlik maktabi nafaqat ta’lim muassasasi, balki ilmiy-tadqiqot va madaniy markaz sifatida faoliyat yuritadi. Uning doirasida mutaxassislar tayyorlash, qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '27 yoshli futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etgani aytilmoqda.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:57

    27 yoshli futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etgani aytilmoqda.

    O‘zbek futbolida bir qator klublarda to‘p surgan Xushnudbek Avilovning vafoti sabablari hozircha ochiqlanmagan.

    'Mirziyoyev va Toqayev Buxoroda muzokara o‘tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:13

    Mirziyoyev va Toqayev Buxoroda muzokara o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Buxoro shahrida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

    'Qashqadaryo va Andijonda psixotrop moddalar savdosi bilan shug'ullanganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:05

    Qashqadaryo va Andijonda psixotrop moddalar savdosi bilan shug'ullanganlar ushlandi

    Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:09

    'Oʻzbekistonda 23 ta dorixona litsenziyasi bekor qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:17

    Oʻzbekistonda 23 ta dorixona litsenziyasi bekor qilindi.

    Bu haqida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi va farmnazorat inspektsiyasi ma'lum qildi.

    'Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:49

    Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi

    Navoiy viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy oltin qazib olish bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi.