AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi

Navoiy viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy oltin qazib olish bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi.

'Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Navoiy viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy oltin qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullangan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ushbu guruhga rahbarlik qilgan. U Navoiy viloyati Karmana tumanida parrandachilik xo‘jaligi binosini ijaraga olib, unda yashirin sex tashkil etgan.

Tezkor tadbir davomida 200 kg yarim tayyor oltin, oltin moddasi bo‘lgan 200 qop qum va toshlar, 300 kg kimyo vositalari, maxsus laboratoriya jihozi, 8 ta gaz ballon, maxsus tegirmon hamda boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlari va ekologiyaga yetkazilgan zarar 7 mlrd so‘mdan ortikni tashkil etadi.

Ikkinchi holatda esa Navbahor tumanida soxta ruxsatnoma asosida "Sarmishsoy" davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida noqonuniy oltin qazib olish tashkil etilgani aniqlandi. U yerda ham qimmatbaho rudalar, yarim tayyor oltin, texnika va asbob-uskunalar musodara qilingan.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qashqadaryo va Andijonda psixotrop moddalar savdosi bilan shug'ullanganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:05

    Qashqadaryo va Andijonda psixotrop moddalar savdosi bilan shug'ullanganlar ushlandi

    Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:09

    'Oʻzbekistonda 23 ta dorixona litsenziyasi bekor qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:17

    Oʻzbekistonda 23 ta dorixona litsenziyasi bekor qilindi.

    Bu haqida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi va farmnazorat inspektsiyasi ma'lum qildi.

    'Buxoroda yangi maʼmuriy markaz qurilishi bilan tanishildi.'ning rasmi

    Jamiyat 10.04.2026 16:22

    Buxoroda yangi maʼmuriy markaz qurilishi bilan tanishildi.

    Prezident tashrif davomida davlat idoralarini bir hududda jamlash tajribasini kengaytirish muhimligini ta'kidladi.

    'Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 10.04.2026 13:38

    Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi

    Hozirda yong‘in sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

    '“Eng yaxshi prokuror – O‘zbekiston 2026” tanlovi o‘tkazildimi?'ning rasmi

    Jamiyat 10.04.2026 13:27

    “Eng yaxshi prokuror – O‘zbekiston 2026” tanlovi o‘tkazildimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy izoh bildirdi.