Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga tashrifi chog‘ida viloyatning yangi ma’muriy markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Ushbu majmua Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida sinovdan o‘tgan boshqaruv organlarini integratsiyalash tajribasining davomi hisoblanadi.
Ma’lum qilinishicha, Buxorodagi ma’muriy markaz 14 gektar maydonni egallagan bo‘lib, birinchi bosqichda viloyat va shahar hokimliklari, prokuratura hamda ichki ishlar idoralari bir hududda jamlangan. Bu esa davlat xizmatlari sifatini oshirish, murojaatlar bilan ishlashni tezlashtirish va idoralar o‘rtasidagi muvofiqlashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Majmua hududida xiyobonlar, favvoralar va yashil hududlar barpo etilmog‘da. Shuningdek, davlat rahbariga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi. Banklar sun’iy intellekt asosida tahli o‘tkazib, Buxoro tumanida agrobiznes, turizm, sanoat va yo‘l bo‘yi xizmatlari eng istiqbolli yo‘nalishlar ekani qayd etildi.
2026–2031 yillarda ushbu sohalarda 7,4 trillion so‘mlik loyihalarni amalga oshirish va 15 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati mavjudligi aytildi. Prezident sun’iy intellektdan foydalanib, har bir hudud salohiyatini ochish va aholi bandligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.






