AsosiyJamiyat

Navoiyda tarbiyachi bolalarni kaltaklagani uchun ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan so‘ng xususiy bog‘cha tarbiyachisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Navoiyda tarbiyachi bolalarni kaltaklagani uchun ushlandi'ning rasmi

8 aprel kuni internetda Navoiy shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, voqea 7 aprel kuni Navoiy shahrining “Yangiariq” MFY hududida joylashgan, fuqaro S.S. rahbarligidagi xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan tarbiyachi E.N. o‘z qaramoqidagi guruh bolalarini “tartibga solish” bahonasida ayovsiz kaltaklagani aniqlangan.

O‘rganishlar davomida gumonlanuvchi mart oyidan aprelgacha bolalarning ojiz holatidan foydalanib, ularni muntazam ravishda do‘pposlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmogda. Tergov yakuniga ko‘ra aybdorlarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:38

    Braziliyada musobaqa vaqtida stadionning tomi yonib ketdi

    Hozirda yong‘in sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

    '“Eng yaxshi prokuror – O‘zbekiston 2026” tanlovi o‘tkazildimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:27

    “Eng yaxshi prokuror – O‘zbekiston 2026” tanlovi o‘tkazildimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy izoh bildirdi.

    'BFK sifatida sotilgan mahsulot dori ekanligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:11

    BFK sifatida sotilgan mahsulot dori ekanligi aniqlandi

    Vakolatli idoralar tekshiruvida qo‘shimcha sifatida sotilgan mahsulot tarkibi dori vositasiga mos ekani ma’lum bo‘ldi.

    'Qirgʻizistonda qalbaki pul savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:20

    Qirgʻizistonda qalbaki pul savdosi fosh etildi

    Transmilliy jinoyiy guruhga aloqador O‘zbekiston fuqarosi ham qo‘lga olingan.

    'Samarqandda bolalarni urgan ayol ishi sudga oshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Samarqandda bolalarni urgan ayol ishi sudga oshirildi

    1-sinf o‘quvchilariga nisbatan zo‘ravonlik qilgan ona ma’muriy javobgarlikka tortildi.

    'Amir Temurga bag‘ishlangan esdalik tangalar muomalaga chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:56

    Amir Temurga bag‘ishlangan esdalik tangalar muomalaga chiqdi

    Markaziy bank tomonidan oltin va kumushdan tayyorlangan 100 ming so‘mlik maxsus tangalar sotuvga qo‘yildi.