AsosiyJamiyat

Amir Temurga bag‘ishlangan esdalik tangalar muomalaga chiqdi

Markaziy bank tomonidan oltin va kumushdan tayyorlangan 100 ming so‘mlik maxsus tangalar sotuvga qo‘yildi.

'Amir Temurga bag‘ishlangan esdalik tangalar muomalaga chiqdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan esdalik tangalar muomalaga chiqarilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tangalar 31,1 gramm og‘irlikdagi sof oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 ni tashkil etadi. Har bir tanga o‘zining texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi maxsus sertifikat bilan sotuvga qo‘yiladi.

Tangalar old tomonida Amir Temur portreti, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Sohibqiron haykallari, shuningdek Oqsaroy va Amir Temur maqbarasi tasvirlangan. Hoshiyasida esa “Amir Temur tavalludining 690 yilligi” yozuvi hamda 1336–1405 yillar ko‘rsatilgan.

Orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi, nominal qiymati — 100 000 so‘m, shuningdek Markaziy bank nomi aks ettirilgan. Pastki qismida tangalar zarb etilgan yil — 2026 yil qayd etilgan.

Shuningdek, ayrim namunalarida “Temur tuzuklari”dan hikmatli so‘zlar keltirilgan bo‘lib, dizaynda Sohibqiron davriga oid ramzlar ham aks ettirilgan.

    Boshqa yangiliklar