Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor harakatlar davomida bir guruh shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Shuningdek ulardan daliliy ashyo sifatida giyohvandlik vositalari rasmiy tartibda musodara qilindi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






