Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yo‘lning qatnov qismida reklama roligini tasvirga olish jarayonlari aks etgan video tarqaldi. Holat Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, ushbu harakatni amalga oshirgan shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Mas’ullar fuqarolardan har qanday harakat qonun doirasida bo‘lishi lozimligini eslatib, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini ta’kidladi.






