Raqobat qo‘mitasiga fuqaro tomonidan dorixonadan xarid qilingan biologik faol qo‘shimcha (BFQ) yuzasidan murojaat kelib tushdi. O‘rganishlar natijasida ushbu mahsulot tarkibi dori vositasi bilan bir xil ekani aniqlandi.
Tekshiruvlar vakolatli organlar ishtirokida o‘tkazilib, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mazkur mahsulotni dori vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish lozimligini tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, avval ham ,Malika Laborstories tomonidan “ORSA” dori vositasi “ORS” nomi bilan BFQ sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib ishlab chiqarilgani aniqlangan va tegishli ruxsatnoma qaytarilgan edi.
O‘rganish yakuniga ko‘ra, to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda chora ko‘rish, shuningdek, avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan BFQlarni qayta ko‘rib chiqish uchun Sanepidqo‘mitaga taqdim etildi.
Qonunchilikka muvofiq, ishlab chiqaruvchi iste’molchiga mahsulot haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot berishga majbur. Noto‘g‘ri ma’lumot asosida xarid amalga oshirilgan bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.






