Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma'lum qilishicha, yanvar oyida korxonaning 3 nafar mansabdori va boshqalar ustidan dastlabki sud majlisi o'tgan. Navbatdagi sud jarayoni 24 fevral kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Mirzo Ulug'bek tuman sudida bo'lib o'tadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "O'zavtoyo'lbelgi" direktori Vosithon Akramov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata), 209-modda (mansab soxtakorligi), 228-modda (hujjatlar va blankalarni qalbakilash) bo'yicha ayblanmoqda. Direktor o'rinbosari Shukrullo Asadov va marketing bo'limi boshlig'i Bahrom Saidov ham shunga o'xshash moddalar bo'yicha ayb ostida.
Shuningdek, boshqa mansabdorlar — Shorahmat Obidxo'jaev, Nurullo Abdurahmonov, Shavkat Mamatxonov, Sarvarjon Madaminov, Saida Mahmudova, Muhayyo Yo'ldosheva va Sharofiddin Isomuhammadov — ham 167, 209 va 228-moddalar bo'yicha ayblanmoqda. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






