Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining bildirishicha, 2026 yilning dastlabki 3 oyida respublikada chiqindil bilan bog‘liq jami 2 107 ta qoidabuzarlik holati aniqlandi.
Shundan 322 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy javobgarlik qo‘llanilib, jarimalar undirilgan. Qolgan 1 785 ta qoidabuzarlikka qonunchilikda belgilangan tartibda choralar belgilanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, respublikamizning deyarli barcha hududlarida jami 700 ga yaqin onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.






