FIFA AQSh, Meksika va Kanadada o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati byudjeti 100 million dollardan ortiqqa qisqartirilgan. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, FIFA’ning 2024 yilgi hisobotida 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan byudjet taqdim etilgan bo‘lib, musobaqaning operatsion xarajatlari 1,12 milliard dollarga baholangan. Mukofot pullari va televidenie operatsiyalari bilan birga umumiy byudjet 3,75 milliard dollarni tashkil etishi kutilgan.
Nashr manbalariga ko‘ra, xarajatlarning 100 million dollardan ortiq qisqarishi tashkilot xodimlari orasida havotir uyg‘otgan. FIFA vakili esa byudjetni qayta ko‘rib chiqish amaliyoti odatiy jarayon ekanligini, bu orqali mablag‘lar dunyo bo‘ylab futbolni rivojlantirishga yo‘naltirilishini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi FIFA World Cup 2026 ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi va musobaqa AQSh, Kanada hamda Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.






