AsosiySiyosat

Mirziyoyevga neft-gaz sohasidagi ishlar yuzasidan hisobot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmog‘ida qazib chiqarishni barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

'Mirziyoyevga neft-gaz sohasidagi ishlar yuzasidan hisobot berildi'ning rasmi

“O‘zbekneftgaz” tizimida gaz qazib chiqarish dinamikasi, pasayish sabablari va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Joriy yilning birinchi choragida yangi quduqlarni ishga tushirish va mavjudlarini ta’mirlash orqali qo‘shimcha hajmlar ta’minlanganigi ma’lum qilindi.

Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, 2D va 3D seysmik tadqiqotlar olib borish, burg‘ilash ishlarini xalqaro standartlar asosida nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbari tarmoqda barqarorlikni ta’minlash, resurslardan samarali foydalanish va xorijiy hamkorlar bilan amaliy sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar