AsosiySiyosat

Sirdaryoda tadbirkorlikka 10 trln so‘m: ishsizlik 4,6 foizga tushiriladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

'Sirdaryoda tadbirkorlikka 10 trln so‘m: ishsizlik 4,6 foizga tushiriladi'ning rasmi

Unda joriy yilda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m resurs ajratilishi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, usbu mablag‘lar hisobidan 185 ming nafar aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlik darajasini 4,6 foizgacha, qashshoqlikni esa 3 foizgacha qisqartirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlari hamda Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlarini ishsizlik va qashshoqlikdan xoli hududga aylantirish choralari ko‘riladi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, o‘tgan yili viloyat iqtisodiyoti 9,8 foizga o‘sgan. 42 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 333 million dollardan ziyod sarmoya o‘zlashtirilgan va 17,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Joriy yilda viloyatga 3 milliard dollar investitsiya jalb qilish, eksport hajmini 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini kengaytirish, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Prezident har bir loyiha aholi daromadlari va turmush darajasida amaliy natija berishi shartligini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi'ning rasmi

    Siyosat 14.04.2026 10:53

    To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi

    Unda nimalar haqida soʻz borgan?

    'Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 12.04.2026 17:29

    Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi

    Temuriylar buyuk merosini yanada chuqur o‘rganish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

    'Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 14:49

    Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari eksportbop mahsulot ishlab chiqarayotgan zamonaviy korxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

    'To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 10:37

    To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

    Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Buxorodagi muqaddas ziyoratgohda duo qilindi.

    'Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 09:08

    Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilan mamlakarga keldi.

    'Saida Mirziyoyeva AQShda Ben Blek bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.04.2026 05:16