AsosiyBu qiziq

Oʻzbekistonda dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo kutilmoqda

Bu haqida Oʻzgidromet tomonidan eʼlon qilingan prognozda maʼlum qilindi.

'Oʻzbekistonda dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo kutilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 18–19 aprel kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. 

Unga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda esa momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 20–25 daraja atrofida, janubiy hududlarda esa 26–28 darajagacha etadi.

Poytaxt Toshkent shahrida ham dam olish kunlari davomida ayrim paytlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shanba kuni havo harorati 19–21 daraja, yakshanba kuni esa 21–23 daraja atrofida bo‘ladi.

Avvalroq O‘zgidromet 18–23 aprel kunlari kutilyan yomg‘irlar sababli respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ilon Mask sun’iy intellekt sabab AQSH aholisiga pul to‘lashni taklif qildi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 03:51

    Ilon Mask sun’iy intellekt sabab AQSH aholisiga pul to‘lashni taklif qildi

    Milliarderning fikricha, robototexnika va sunʼiy intellekt rivoji tovar va xizmatlar hajmini keskin oshiradi, shu bois bu jarayon inflyatsiyaga olib kelmaydi.

    'Bugun ham yomg‘ir yog‘maydi'ning rasmi

    Bu qiziq 16.04.2026 02:47

    Bugun ham yomg‘ir yog‘maydi

    “O‘zgidromet” ob-havo prognozini ma’lum qildi.

    'Bugun qayerlarga yomg‘ir yog‘maydi?'ning rasmi

    Bu qiziq 15.04.2026 02:49

    Bugun qayerlarga yomg‘ir yog‘maydi?

    “O‘zgidromet” ob-havo prognozini ma’lum qildi.

    'Shaharsozlikda byurokratiya qisqartiriladi'ning rasmi

    Bu qiziq 14.04.2026 12:43

    Shaharsozlikda byurokratiya qisqartiriladi

    Endilikda tadbirkorlar muammosiga hokimlar boshchiligida yakuniy yechim beriladi.

    'Toshkent to‘y palovi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi'ning rasmi

    Bu qiziq 14.04.2026 10:31

    Toshkent to‘y palovi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

    Toshkent shahri va viloyatiga xos bo‘lgan mashhur to‘y palovi rasman geografik ko‘rsatkich maqomini oldi.