AsosiyBu qiziq

Toshkent to‘y palovi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Toshkent shahri va viloyatiga xos bo‘lgan mashhur to‘y palovi rasman geografik ko‘rsatkich maqomini oldi.

'Toshkent to‘y palovi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi'ning rasmi

Intellektual mulk agentligi ma'lumotiga ko'ra, "Toshkent to'y palovi" geografik ko'rsatkich sifatida maxsus reyestrga kiritildi. Mazkur maqom taom nomi hamda uni tayyorlashning o'ziga xos an'anaviy texnologiyasini huquqiy himoya qilishni ta'minlaydi.

Ta'kidlanishicha, ushbu palov turi yarim doira shaklidagi qalin devorli cho'yon qozonlarda tayyorlanishi, o'ziga xos ta'mi va pishirish usuli bilan ajralib turadi.

Tarixiy manbalarga ko'ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan bo'lib, to'y oshi nafaqat milliy taom, balki murakkab va noyob pazandachilik jarayoni sifatida qadrlanadi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur maqom milliy gastronomik merosni asrash, shuningdek, O'zbekistonning gastroturizm salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shaharsozlikda byurokratiya qisqartiriladi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 12:43

    Shaharsozlikda byurokratiya qisqartiriladi

    Endilikda tadbirkorlar muammosiga hokimlar boshchiligida yakuniy yechim beriladi.

    'Azam Azizov - Oʻzbekistonlik moliyaviy blogger va investitsiya boʻyicha ekspert'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 09:35

    'Justin Bieber "Coachella" sahrasida nostaljik chiqish bilan qaytdi'ning rasmi

    Bu qiziq 12.04.2026 11:59

    Justin Bieber "Coachella" sahrasida nostaljik chiqish bilan qaytdi

    Bu uning soʻnggi toʻrt yil ichidagi eng yirik jonli kontserti boʻldi.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 11.04.2026 19:14

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” 12 aprel kuni iliq va quruq ob-havo kuzatilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?'ning rasmi

    Bu qiziq 11.04.2026 02:52

    O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?

    O‘zgidromet O‘zbekistonda 11–12 aprel kunlari iliq va quruq ob-havo kuzatilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'Bugun ham ba'zi joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'ladi'ning rasmi

    Bu qiziq 08.04.2026 02:51