AsosiyBu qiziq

Shaharsozlikda byurokratiya qisqartiriladi

Endilikda tadbirkorlar muammosiga hokimlar boshchiligida yakuniy yechim beriladi.

'Shaharsozlikda byurokratiya qisqartiriladi'ning rasmi

Shaharsozlik kengashlaridagi idoralar o'rtasida hamkorlik yetishmasligi tanqid qilinib, qaror qabul qilish tizimini soddalashtirish belgilandi. Endilikda tadbirkorlar muammosiga hokimlar boshchiligida yakuniy yechim beriladi.

Qayd etilishicha, joylarda 26 ta idora o'rtasida muloqot yo'qligi sansalorlikka sabab bo'layotgan edi. Shu bois, shaharsozlik kengashiga Toshkent shahri va viloyat hokimlari boshchilik qilib, masalalarni tezkor hal etishi ko'zda tutilmoqda.

Shuningdek, "Shaffof qurilish" reytingida lizing asosida olingan texnikalarga ball berilmayotgani noto'g'ri ekani ta'kidlandi. Ushbu texnikalar hisobga olinsa, kamida 500 ta korxona reytingini yaxshilab, 17 trillion so'mlik bozorga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Qurilish vazirligiga bunday texnikalar elektron bazasini yaratib, tizimga integratsiya qilish topshirildi.

Bundan tashqari, pudrat korxonalariga yiliga faqat bitta maxsus texnika olib kirish bo'yicha cheklovni bekor qilish zarurligi qayd etildi. Mutasaddilarga uch oy muddatda qurilishga ruxsat olishdan tortib, ob'ektni foydalanishga topshirishgacha bo'lgan jarayonlarni tahlil qilib, talablar, muddatlar va to'lovlarni ikki barobargacha qisqartirish bo'yicha taklif kiritish vazifasi yuklandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent to‘y palovi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 10:31

    Toshkent to‘y palovi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

    Toshkent shahri va viloyatiga xos bo‘lgan mashhur to‘y palovi rasman geografik ko‘rsatkich maqomini oldi.

    'Azam Azizov - Oʻzbekistonlik moliyaviy blogger va investitsiya boʻyicha ekspert'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 09:35

    'Justin Bieber "Coachella" sahrasida nostaljik chiqish bilan qaytdi'ning rasmi

    Bu qiziq 12.04.2026 11:59

    Justin Bieber "Coachella" sahrasida nostaljik chiqish bilan qaytdi

    Bu uning soʻnggi toʻrt yil ichidagi eng yirik jonli kontserti boʻldi.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 11.04.2026 19:14

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” 12 aprel kuni iliq va quruq ob-havo kuzatilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?'ning rasmi

    Bu qiziq 11.04.2026 02:52

    O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda?

    O‘zgidromet O‘zbekistonda 11–12 aprel kunlari iliq va quruq ob-havo kuzatilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'Bugun ham ba'zi joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'ladi'ning rasmi

    Bu qiziq 08.04.2026 02:51