AsosiyBu qiziq

Bugun ham ba'zi joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'ladi

Xo'sh, qayerlarga yomg'ir yog'adi?

'Bugun ham ba'zi joylarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'ladi'ning rasmi

8 aprel kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan ob-havo prognozida keltirilgan.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 15-17 daraja bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chishi havfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi. 6-8 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi havfi bor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jahon chempionati modasi yangi bosqichga chiqmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 05.04.2026 10:58

    Jahon chempionati modasi yangi bosqichga chiqmoqda

    Jahon chempionati modasida yangi trend: ko‘cha uslubi va "crop-top"lar.

    'Artemis II ekipaji Yer va Oy o'rtasida tasvirlarni yubordi.'ning rasmi

    Bu qiziq 04.04.2026 13:22

    Artemis II ekipaji Yer va Oy o'rtasida tasvirlarni yubordi.

    NASAning Artemis II ekipaji Yer va Oy o'rtasidagi masofaning yarmiga yetganda olingan ilk yuqori aniqlikdagi Yer tasvirlarini taqdim etdi.

    'Dollar kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Bu qiziq 03.04.2026 12:25

    Dollar kursi koʻtarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Bugun harorat pasayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 02.04.2026 19:58

    Bugun harorat pasayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

    “O‘zgidromet” 3 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Elon Muskning SpaceX kompaniyasi 1 trillion dollarlik aksiyalarini birjaga chiqarishga tayyorlanmoqda.'ning rasmi

    Bu qiziq 02.04.2026 08:55

    Elon Muskning SpaceX kompaniyasi 1 trillion dollarlik aksiyalarini birjaga chiqarishga tayyorlanmoqda.

    Elon Muskning SpaceX kompaniyasi dunyodagi eng qimmatli omma savdog qo'yilgan kompaniyalardan biriga aylanishga tayyor.

    'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 02.04.2026 02:32

    Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    “O‘zgidromet” 2 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.