AsosiyDunyo

Москвада қурилаётган элита уйда катта ёнғин чиқди

Hodisa ortidan 8 kishi halok bo‘ldi.

'Москвада қурилаётган элита уйда катта ёнғин чиқди'ning rasmi

Moskvaning shimolida qurilayotgan ko‘p qavatli turarjoy majmuasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 13 nafar inson jarohatlandi. Qutqaruvchilar 200 dan ortiq kishi binoda bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

28 aprel kuni 2-Ambulatoriya yo‘li, 14-uy manzilida joylashgan qurilish maydonida yong‘in chiqqan. Dastlab olov binoning 2 va 3-qavatlarini qamrab olgan.

Hodisa vaqtida yong‘inga eng yuqori — 5-darajali murakkablik berilgan, keyinchalik u 4-darajaga tushirilgan. Yong‘in umumiy hisobda 1,4 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 120 nafar qutqaruvchi va 30 ta texnika jalb etilgan. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 31 kishi binodan chiqarib olingan.

Hodisa bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 216-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yong‘inning aniq sababi hozircha ma’lum emas.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron: Hormuz bo‘g‘ozi faqat xavfsiz sharoitda ochiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:22

    Eron: Hormuz bo‘g‘ozi faqat xavfsiz sharoitda ochiladi

    Eron tomoni ta’kidlashicha, mintaqadagi har qanday beqarorlik yoki harbiy xatarlar saqlanib qolsa, bo‘g‘oz orqali erkin harakatlanish cheklanishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:28

    'Putin Eron TIV rahbari bilan uchrashdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:43

    Putin Eron TIV rahbari bilan uchrashdi

    Uchrashuvda Rossiya prezidentiga Eron oliy rahbari nomidan maxsus murojaat yetkazilgan.

    'Trampga suiqasd urinishida gumonlangan shaxsga ayblov e’lon qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:13

    Trampga suiqasd urinishida gumonlangan shaxsga ayblov e’lon qilindi

    AQSHda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Koul Allenga Prezident Donald Trampga suiqasd qilishga urinish aybi qo‘yildi.

    'Tramp bir oyda kamida 51 mln dollarlik obligatsiya sotib oldi'ning rasmi

    Dunyo 27.04.2026 01:04

    Tramp bir oyda kamida 51 mln dollarlik obligatsiya sotib oldi

    Bu haqda Reuters moliyaviy hujjatlarga tayanib xabar berdi.

    'Yevropa Ittifoqi Tojikistonning 3 bankini "qora ro‘yxat"dan chiqardi'ning rasmi

    Dunyo 26.04.2026 12:20

    Yevropa Ittifoqi Tojikistonning 3 bankini "qora ro‘yxat"dan chiqardi

    Ushbu banklar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga ko‘maklashganlikda ayblangan edi.