AsosiyDunyo

Putin Eron TIV rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Rossiya prezidentiga Eron oliy rahbari nomidan maxsus murojaat yetkazilgan.

'Putin Eron TIV rahbari bilan uchrashdi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg shahrida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchinni qabul qildi. Bu haqda Zamon.uz ma'lum qildi.

Tomondlar Rossiya va Eron o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, mintaqadagi vaziyat hamda Yaqin Sharqdagi keskinlikni yumshatish masalalarini muhokama qilgan.

Vladimir Putin uchrashuvda Eron xalqiga tinchlik va barqarorlik tilaklarini bildirib, Rossiya mintaqada vaziyatni diplomatik yo'l bilan hal etish tarafdori ekanini ta'kidladi.

Abbos Aroqchi esa Tehrondan nomidan Moskvaning doimiy qo'llab-quvvatloviga minnatdorlik bildirib, Rossiya va Eron o'rtasidagi aloqalar strategik sheriklik ruhida rivojlanayotganini qayd etdi.

Tomondlar mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy muloqotni davom ettirish hamda keskinlikni kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi.

Mazkur uchrashuv Eron va AQSh o'rtasida kutilayotgan navbatdagi muzokoralar arafasida bo'lib o'tgani sababli xalqaro ekspertlar e'tiborini tortmoqda.

    Boshqa yangiliklar