AsosiyDunyo

Kolumbiyada avtobus portlatildi

Hodisa ortidan o‘nlab odam halok bo‘ldi.

'Kolumbiyada avtobus portlatildi'ning rasmi

Panamerika shossesida yo‘lovchi avtobusi yonida portlash sodir bo‘lib, kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Hodisa oqibatida 20 dan ortiq odam jarohat olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilma avtobus o‘tayotgan paytda ishga tushirilgan. Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro voqeani terrorchilik hujumi deb baholab, unda sobiq FARC guruhiga aloqador jangarilarni aybladi.

Hozirda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar