Vashingtonnda Tramp ishtirok etgan kechki tadbirda otishma sodir bo'ldi. Hodisa Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining yillik qabul marosimi vaqtida Washington Hilton mehmonxonasida yuz bergan.
Guvohlarning aytishicha, tadbir davomida o'q ovoziga o'xshash qattiq tovushlar eshitilgan. Mehmonlar stollar ostiga yashirinishga majbur bo'lishgan, xavfsizlik xizmati esa to'liq shay holatga keltirilgan.
Oq uy ma'lumotiga ko'ra, prezident Donald Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens xavfsiz joyga zudlik bilan evakuatsiya qilingan. Ular jabr ko'rmagan.
"Washington Hilton" atrofi maxsus xizmat tomonidan o'rab olingan, hudud ustidan vertolyotlar parvoz qilgan.
Hujum qilgan shaxs qo'lga olingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, u Kaliforniyadan bo'lgan 31 yoshli Koul Tomas Allen bo'lib, qo'lga olish vaqtida ov miltig'i bilan qurollangan holda prezident o'tirgan zalga kirishga uringan va Maxfiy xizmat xodimiga o'q uzgan.






