AsosiyDunyo

AQSh Xitoyning ayrim kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

AQSh Xitoyning neft zavodiga Eron neftini sotib olgani uchun sanksiya qo‘ydi.

'AQSh Xitoyning ayrim kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi'ning rasmi

AQSh Moliya vazirligi Xitoyning yirik mustaqil neft qayta ishlash zavodlaridan biri — Hengli Petrokimyo (Dalian) kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur zavod Erondan yuz millionlab dollarlik neft xarid qilgan va bu orqali Eron harbiy tizimiga katta miqdorda daromad keltirgan.

Vazirlik bayonotida Hengli kompaniyasi Tehronning eng yirik mijozlaridan biri ekani qayd etilgan. Shuningdek, Eronning “soya floti”ga tegishli 40 ga yaqin kompaniya va kemalar ham sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan.

Xitoy tomoni esa ushbu qarorni qoralab, AQShni savdo va texnologiya masalalarini siyosiylashtirmaslikka chaqirdi.

Ma'lumot uchun, Xitoy neft importining katta qismi Yaqin Sharq hissasiga to‘g‘ri keladi va Erondan yo‘naltirilgan neft hajmi ham muhim ulushni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar