AsosiyDunyo

AQSh va Eron o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashmoqda

AQSh Eron portlarini qamalga olgach, mamlakat har kuni millionlab dollar yo‘qotayotgani ma’lum qilindi.

'AQSh va Eron o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashmoqda'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron “moliyaviy tanazzul yoqasiga kelib qolgani”ni va Vashington tomonidan portlar qamalga olingach, mamlakat har kuni millionlab dollar yo‘qotayotganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronda naqd pul tanqisligi kuzatilmoqda va har kuni taxminan 500 million dollar zarar ko‘rilmoqda. Shuningdek, harbiylar va politsiya xodimlari maosh masalasidan shikoyat qilayotgani aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, AQSh tomonidan Eron portlariga dengiz qamali 13 aprel kuni boshlangan. Shundan so‘ng Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eron bayrog‘i ostidagi tanker o‘qqa tutilgan va qo‘lga olingan. Bundan tashqari, ochiq dengizda Eronga tegishli yoki unga yo‘naltirilgan yuk kemalarining yo‘nalishi o‘zgartirilgan.

Eron qurolli kuchlari bu harakatlarni “noqonuniy” va “qaroqchilik” deb baholadi.

Javob tariqasida Eron Hormuz bo‘g‘ozini xorijiy kemalar uchun yopib qo‘ygani va bir nechta kemani qo‘lga olgani ma’lum qilindi. Bu esa mintaqadagi keskinlikni yanada oshirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Urushmi yoki kelishuvmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:33

    Urushmi yoki kelishuvmi?

    Eron va Pokiston muzokaralar orqali AQSh bilan yangi bosqichni muhokama qilmoqda.

    'Rossiyaning tungi hujumlari'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:05

    Rossiyaning tungi hujumlari

    Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlari oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 30 nafardan ortiq odam yaralandi.

    'AQSh Xitoyning ayrim kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:56

    AQSh Xitoyning ayrim kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

    AQSh Xitoyning neft zavodiga Eron neftini sotib olgani uchun sanksiya qo‘ydi.

    'Pentagon yaqinida ikki avtobus to‘qnashdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:38

    Pentagon yaqinida ikki avtobus to‘qnashdi

    To‘qnashuv oqibatida kamida 23 kishi jarohat olgan.

    'AQSh Ispaniyaning NATOdagi aʼzoligini toʻxtatmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:53

    AQSh Ispaniyaning NATOdagi aʼzoligini toʻxtatmoqchi

    Hozircha AQSh tomonidan rasmiy qaror qabul qilinmagan, masala bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.

    'BAAda davlat boshqaruvining yarmi sun’iy intellektga o‘tkaziladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:39

    BAAda davlat boshqaruvining yarmi sun’iy intellektga o‘tkaziladi

    Birlashgan Arab Amirliklari ikki yil ichida davlat xizmatlarining 50 foizini avtonom sun’iy intellekt tizimlariga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.