BBC xabar berishicha, u shuningdek o‘qotar quroldan foydalanish va og‘ir jinoyat sodir etish maqsadida qurolni shtatlararo tashish kabi moddalar bo‘yicha ham ayblanmoqda. Ushbu ayblovlar bo‘yicha unga 10 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda, agar Prezidentga suiqasd qilishda aybdor deb topilsa, umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Hozircha Allen barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, u hujumni amalga oshirish uchun bir nechta shtatlarni kesib o‘tgan. Uning yonidan 12 kalibrli pompa miltig‘i, uchta pichoq va boshqa qurollar topilgan.
Hodisa 26 aprelga o‘tar kechasi Washington Hilton mehmonxonasidagi banket zalida sodir bo‘lgan. 31 yoshli, Kaliforniyada yashovchi Allen mehmonxonada xona band qilgan va zal kirish qismida AQSh Maxfiy xizmati xodimiga qarata o‘q uzgan. U voqea joyida qo‘lga olingan.
Keyinroq Donald Tramp ushbu hujum Eron bilan bog‘liq emasligini taxmin qildi.






