AsosiyDunyo

Eron: Hormuz bo‘g‘ozi faqat xavfsiz sharoitda ochiladi

Eron tomoni ta’kidlashicha, mintaqadagi har qanday beqarorlik yoki harbiy xatarlar saqlanib qolsa, bo‘g‘oz orqali erkin harakatlanish cheklanishi mumkin.

'Eron: Hormuz bo‘g‘ozi faqat xavfsiz sharoitda ochiladi'ning rasmi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali savdo kemalari harakatini tiklash bo‘yicha o‘z shartini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi vakili general Rizo Talayniq bayonot bergan. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mintaqadagi mojaro yakunlanganidan so‘ng savdo flotining Hormuz bo‘g‘ozi orqali to‘siqsiz harakati faqat Eron xavfsizligiga tahdid tug‘dirmagan taqdirdagina qayta tiklanadi.

Rasmiy vakilning ta’kidlashicha, bo‘g‘oz orqali xalqaro savdo kemalari qatnovi bo‘yicha yakuniy qaror mintaqadagi xavfsizlik holati va Eron manfaatlari inobatga olingan holda qabul qilinadi.

Avvalroq Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi 25–26 aprel kunlari Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Pokiston vositachilari orqali AQSh tomoniga bo‘g‘ozni ochish hamda urushni tugatishga doir taklifni yetkazgani xabar qilingan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:28

    'Putin Eron TIV rahbari bilan uchrashdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:43

    Putin Eron TIV rahbari bilan uchrashdi

    Uchrashuvda Rossiya prezidentiga Eron oliy rahbari nomidan maxsus murojaat yetkazilgan.

    'Trampga suiqasd urinishida gumonlangan shaxsga ayblov e’lon qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:13

    Trampga suiqasd urinishida gumonlangan shaxsga ayblov e’lon qilindi

    AQSHda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Koul Allenga Prezident Donald Trampga suiqasd qilishga urinish aybi qo‘yildi.

    'Tramp bir oyda kamida 51 mln dollarlik obligatsiya sotib oldi'ning rasmi

    Dunyo 27.04.2026 01:04

    Tramp bir oyda kamida 51 mln dollarlik obligatsiya sotib oldi

    Bu haqda Reuters moliyaviy hujjatlarga tayanib xabar berdi.

    'Yevropa Ittifoqi Tojikistonning 3 bankini "qora ro‘yxat"dan chiqardi'ning rasmi

    Dunyo 26.04.2026 12:20

    Yevropa Ittifoqi Tojikistonning 3 bankini "qora ro‘yxat"dan chiqardi

    Ushbu banklar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga ko‘maklashganlikda ayblangan edi.