AsosiyDunyo

Erondagi urush sharoitida hokimiyat Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘liga o‘tgani aytilmoqda

Ali Xomanaiyning urushning birinchi kunida o‘ldirilishi ortidan Eronda hokimiyat tizimi tubdan o‘zgargani aytilmoqda.

'Erondagi urush sharoitida hokimiyat Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘liga o‘tgani aytilmoqda'ning rasmi

Yangi tartibda asosiy ta'sir Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi qo'liga o'tgan.

Ma'lum qilinishicha, marhum rahbarning o'g'li Mujtabo Xomanaiy oliy rahbar sifatida tayinlangan bo'lsa-da, uning roli cheklangan. Manbalarga ko'ra, u asosan generallar tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlash bilan shug'ullanmoqda.

1979 yildan buyon Erondagi boshqaruv tizimi mutlaq vakolatlarga ega oliy rahbar atrofida qurilgan edi. Biroq urush sharoitida hokimiyat tor doira — Milliy xavfsizlik oliy kengashi, oliy rahbar devoni va korpus o'rtasida jamlangan.

Tahlilchilar fikricha, ayni paytda harbiy strategiya va muhim siyosiy qarorlarda hal qiluvchi rolni korpus bajarmoqda. Shu bilan birga, Mujtabo Xomanaiy omma oldida deyarli ko'rinmayapti va muloqotni cheklangan kanallar orqali amalga oshirmoqda.

Manbalarga ko'ra, u rasman eng yuqori lavozimni egallagan bo'lsa-da, amalda qaror qabul qiluvchi emas, balki ularni rasmiylashtiruvchi shaxsga aylangan. Haqiqiy hokimiyat esa urush davrida shakllangan boshqaruv tizimi, xususan Milliy xavfsizlik oliy kengashi qo'lida jamlangan.

    Boshqa yangiliklar