AsosiyDunyo

Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp

AQSh prezidenti Tehron Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha murojaat qilganini ma’lum qildi.

'Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Eron Qo'shma Shtatlarga mamlakat ichki siyosiy va iqtisodiy bosimlar sabab “qulash holatida” ekanini bildirgan. Bu haqda Zamon.uz ma'lum qildi.

“Eron bizga hozirgina 'qulash holatida' ekanini ma'lum qildi. Ular rahbariyat darajasida vaziyatni tartibga solishga urinayotgan bir paytda bizdan Hormuz bo'g'ozini imkon qadar tezroq ochishimizni so'ramoqda. Menimcha, ular buni uddalaydi”, — deb yozgan Tramp.

Ma'lumotlarga ko'ra, AQSh va Eron o'rtasidagi keskinlik fonida mintaqada dengiz tashuvlari bo'yicha cheklovlar kuchaygan. 28 fevraldagi operatsiyalardan so'ng Eronning neft eksporti hajmlari sezilarli darajada kamaygan.

Shuningdek, 11 apreldan buyon tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etayotgan bo'lsada, yadroviy dastur va xavfsizlik masalalaridagi kelishmovchiliklar sabab yakuniy kelishuvga erishilmagan.

    Boshqa yangiliklar