AsosiyDunyo

AQShda pasport muqovasiga Donald Trump portreti tushiriladi

Mustaqillikning 250 yilligi munosabati bilan yangi dizayn joriy etiladi.

'AQShda pasport muqovasiga Donald Trump portreti tushiriladi'ning rasmi

AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan mamlakatda amaldagi prezident Donald Tramp tasviri tushirilgan pasportlar seriyasi chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Ma'lum qilinishicha, yangi dizaynda pasport muqovasining ichki old qismida prezident portreti va uning oltin rangdagi imzosi joylashtiriladi. Orqa tomonida esa rassom Jon Trumbullning mashhur "Mustaqillik deklaratsiyasi" asaridan parcha tasvirlanadi. Bunday pasportlar asosan Vashingtondagi pasport agentligi orqali berilishi aytilmoqda. Onlayn yoki boshqa hududlarda rasmiylashtirilgan hujjatlar esa odatiy dizaynda qoladi. Yangi namunadagi pasportlar qancha miqdorda chiqarilishi hozircha ochiqlanmagan. Ayni paytda amaldagi pasport dizaynida rassom Edvard Persi Moran asari qo'llanilgan bo'lib, unda Fransis Skott Key tasviri aks etgan. Bundan tashqari, yubiley munosabati bilan chiqariladigan 100 dollarlik kupyuralarda ham prezident imzosi joy olishi ma'lum qilingan. Shuningdek, AQSH Tasviriy san'atlar komissiyasi 24 karatli oltin tanga chiqarishni ma'qullagani bildirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:33

    Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp

    AQSh prezidenti Tehron Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha murojaat qilganini ma’lum qildi.

    'Erondagi urush sharoitida hokimiyat Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘liga o‘tgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:10

    Erondagi urush sharoitida hokimiyat Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘liga o‘tgani aytilmoqda

    Ali Xomanaiyning urushning birinchi kunida o‘ldirilishi ortidan Eronda hokimiyat tizimi tubdan o‘zgargani aytilmoqda.

    'Qozog‘istonda shoqol odamlarga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:45

    Qozog‘istonda shoqol odamlarga hujum qildi

    Turkiston viloyatida yirtqich qishloqqa kirib, bir necha kishini jarohatladi.

    'Eron: Hormuz bo‘g‘ozi faqat xavfsiz sharoitda ochiladi'ning rasmi

    Dunyo 28.04.2026 17:22

    Eron: Hormuz bo‘g‘ozi faqat xavfsiz sharoitda ochiladi

    Eron tomoni ta’kidlashicha, mintaqadagi har qanday beqarorlik yoki harbiy xatarlar saqlanib qolsa, bo‘g‘oz orqali erkin harakatlanish cheklanishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Dunyo 28.04.2026 10:28