Joriy yilning 18 avgust kuni Prezident qarori bilan jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan mahallalarda “nizoli va janjalkash” oilalar holatidan har 3 kunda xabar olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Yangi tartibga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari va “mahalla yettiligida” tarkibidagi fuqarolar, oilaviy mojaro bo‘lishi mumkin bo‘lgan xonadonlar holatini doimiy nazorat qiladi.
Mahallalarda esa “mahalla targ‘ibotchilari” nomli jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi.
Qarorga muvofiq, jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan mahallalar to‘liq video kuzatuv tizimiga ulanadi, “tashvish tugmalari” o‘rnatiladi hamda “namunali xavfsiz uy” va “ko‘cha” loyihalari yo‘lga qo‘yiladi.