AsosiyJamiyat

Toshkentda Damas haydovchisi o‘quvchini urib, voqea joyidan qochib ketdi

Ish yuzasidan tergov boshlandi.

'Toshkentda Damas haydovchisi o‘quvchini urib, voqea joyidan qochib ketdi'ning rasmi

Toshkentda Damas haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Hodisa Olmazor tumanida sodir bo‘lgan.

YHHXB ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli haydovchi bolalarni ko‘rib signal bergan, ammo bir lahzada to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Haydovchi shoshilinch ravishda ketib qolgan, keyin esa huquq-tartibot organlariga o‘zi borib murojaat qilgan.

 Hozirda holat bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, jabrlanuvchining ahvoliga qarab ishning huquqiy bahosi belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar