AsosiyJamiyat

Mirziyoyev Ostonadagi “EXPO” markazida ekologik sammit doirasida milliy pavilyonlar bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostona bo‘lib o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida milliy pavilyonlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

'Mirziyoyev Ostonadagi “EXPO” markazida ekologik sammit doirasida milliy pavilyonlar bilan tanishdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi "EXPO" xalqaro ko‘rgazmalar markazida tashkil etilgan Mintaqaviy ekologik sammit ko‘rgazmasi doirasida milliy pavilyonlar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari bilan bir qatorda Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston delegatsiyalari ham o‘z ekspozitsiyalari bilan ishtirok etmoqda. Sammit doirasida ekologik siyosatning 8 ta ustuvor yo‘nalishi, jumladan iqlim o‘zgarishi, havo sifatini yaxshilash, chiqindilarni boshqarish hamda "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston pavilyonida mamlakatning ekologik siyosat sohasidagi islohotlari, "Yashil makon", "Toza havo", "Chiqindisiz hudud" kabi umummilliy loyihalar hamda Orolbo‘yi hududini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etilmoqda.

Shuningdek, ekspozitsiya orqali O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikni, xususan BMT tuzilmalari bilan ekologik yo‘nalishdagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan hissasi ham aks ettirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada shifokor bemorga nega tibbiy yordamni ko‘rsatmadi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    Farg‘onada shifokor bemorga nega tibbiy yordamni ko‘rsatmadi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaroga yetarli darajada tibbiy yordam ko‘rsatilmagani yuzasidan murojaat tarqaldi.

    'Toshkentda Damas haydovchisi o‘quvchini urib, voqea joyidan qochib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:42

    'O‘zbekistonning 5 ta  hududida chang-to‘zon kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:32

    'AQSH–Eron muzokaralari to‘xtab qoldi: sulh muddati uzaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:42

    AQSH–Eron muzokaralari to‘xtab qoldi: sulh muddati uzaytirildi

    Qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi yakunlanishi kerak bo‘lgan paytda, Donald Trump Eron bilan sulhni uzaytirishga qaror qildi.

    'Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:30

    Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.04.2026 14:58