Bu qaror muzokaralar davom ettirilishi uchun vaqt berish maqsadida qabul qilingan.
AQSh prezidentining bildirishicha, sulh Eron tomoni "yagona taklif" ishlab chiqqunga qadar amal qiladi. Shu bilan birga, u Hormuz bo‘g‘ozidagi blokada saqlanib qolishini va armiya jangovar shay holatda turishini ta’kidladi.
Ayni paytda, Eron muzokaralarning navbatdagi bosqichida ishtirok etishdan bosh tortdi. Tehron bu qarorni AQShning "haddan tashqari talablari" bilan izohlab, bunday muloqotni samarasiz deb baholagan.
Muzokaralar Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo jarayon to‘xtab qoldi. Bu orada, AQSh vitse-prezidenti Jeyms Devid Vensning tashrifi ham nomalum muddatga qoldirildi.
Hozircha tomonlar o‘rtasidagi vaziyat noaniqligicha qolmoqda, sulh esa faqat vaqtinchalik chora sifatida baholanmoqda.





