Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘l bilan katta miqdordagi giyohvand moddani O‘zbekistonga olib kirishga urinish fosh etildi. Holat Marg‘ilon shahrida qayd etilgan. Davlat xavfsizlik xizmati IIV va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan 1973 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs 24 kg 475 gramm “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davomida jinoiy sheriklar aniqlanmoqda.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat Bugun 11:32
"Olot" va "Buxoro aeroporti" chegara bojxona postlarida umumiy qiymati 501 million so‘mdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga urinishlar to‘xtatildi.

Jamiyat Bugun 11:24
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi.

Jamiyat Bugun 11:11
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Jamiyat Bugun 10:51
Ular orasida madaniy meros obyektlariga e'tiborsizliklar bo'lgani aniqlandi.

Jamiyat Bugun 08:09
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaroga yetarli darajada tibbiy yordam ko‘rsatilmagani yuzasidan murojaat tarqaldi.

