Toshkentda madaniy meros obyektlari holati bo‘yicha monitoringning ilk kuniyoq jiddiy qoidabuzarliklar aniqlandi.
28 ta obyekt ko‘zdan kechirilib, ayrimlarida noqonuniy o‘zgartirishlar va e’tiborsizlik holatlari qayd etildi.
Tekshiruvlarda fasadlarning ifloslangani, ruxsatsiz ta’mirlash, reklama bannerlari o‘rnatish holatlari ochildi.
Navoiy ko‘chasida noqonuniy ishlar to‘xtatilib, yer qazish bekor qilindi, bannerlar olib tashlandi.
Mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, qonunbuzarlarga nisbatan choralar ko‘riladi.






