Bu holat Xitoyning yirik ishlab chiqarish markazlaridan birida yaqqol sezilmoqda. Ko‘chalarda vaqtinchalik ish izlab yurgan fuqarolar zavodlar taklif qilayotgan qisqa muddatli ish o‘rinlari oldida to‘planib, og‘ir mehnat va past daromaddan norozilik bildirmoqda.
Xitoy sanoatidagi o‘zgarishlar — arzon ishlab chiqarishdan avtomatlashtirish va yuqori texnologiyalarga o‘tish jarayoni ko‘plab oddiy ishchilar uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda.
O‘tgan yili ham Xitoy iqtisodiyoti sekinlashish va ishsizlik bosimi ostida qolgan bo‘lsa-da, eksport hisobiga qariyb 5 foizlik o‘sishni saqlab qolishga erishgan. Shunga qaramay, aholi orasidagi norozilik kamaymagan.
Endi esa Yaqin Sharqdagi mojarolar ham global iqtisodiyotga ta’sir qilib, Xitoyda zavod buyurtmalari va ish o‘rinlari soniga qo‘shimcha bosim o‘tkazmoqda.
Guangdong viloyatining Foshan shahrida ishchilarga asosan vaqtinchalik ishlar — plastik mahsulotlar ishlab chiqarish yoki elektron qurilma qismlarini yig‘ish taklif etilmoqda. Maosh esa soatiga 18–20 yuan atrofida.






