Amerikalik harbiylar Eronga aloqador “Touska” savdo kemasini to‘xtatish va egallash jarayonida paluba artilleriyasini ishga soldi.
Bu haqda AQSh Harbiy-dengiz kuchlari rasmiysiga tayanib, The War Zone nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19 aprel kuni USS Spruance esminesi 5 dyuymli MK-45 to‘pidan foydalangan.
Qayd etilishicha, bu AQSh tomonidan dengiz nishonlariga qarshi paluba to‘pidan so'nggi 38 yil ichida ilk bor foydalanilishidir.






