Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, “Tolibon” hukumatining rahbari Muhammad Hasan Oxund tomonidan imzolangan farmonga asosan, endilikda uy-joy qurish uchun mahalliy masjid imomlari va jamoatchilik faollarining roziligi talab etiladi.
Qayd etilishicha, bu qaror Kobulda va boshqa hududlarda uy-joy tanqisligi hamda ijara narxlarining keskin oshishi bilan bog‘liq holatlarni tartibga solish maqsadida qabul qilingan.
“Tolibon” usbu siyosatni aholining tezroq va osonroq boshpanaga ega bo‘lishiga ko‘maklashish va o‘zboshimcha qurilishlarni tartibga solish yo‘lidagi qadam deb atamoqda.






