DP World Donald Trampning "Tinchlik Kengashi" bilan bog'liq vakiillar bilan G'azodagi ta'minot zanjirlari va infratuzilma loyihalarini boshqarish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi, deb xabar beradi Financial Times gazetasi.
G'azo sektorini qayta tiklash doirasida omborlar, yuk kuzatuv tizimlari, xavfsizlik choralari, shuningdek yangi port va erkin savdo zonasi qurish kabi takliflar muhokama qilingan.
Muzokaralar xususiylashtirishga oid bahsli rejalar bilan bog'liq bo'lib, tanqidchilar bu holat xalqaro tashkilotlar rolini cheklashi va aholi ko'chirilishi xavfini keltirib chiqarishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, mintaqa hali ham keskin vaziyatda qolmoqda, harbiy to'qnashuvlar va gumanitar inqiroz davom etmoqda.






