AsosiyDunyo

Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi

Vengriya Xalqaro jinoiy sud aʼzosi sifatida qidiruvdagi shaxs mamlakat hududiga kirsa, uni qoʻlga olishi mumkin.

'Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi'ning rasmi

Vengriya bosh vaziri lavozimini egallashi kutilayotgan Peter Madyar mamlakating Xalqaro jinoyiy sud (XJS) dan chiqish jarayonini to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu jarayon avval amaldagi bosh vazir Viktor Orban tomonidan boshlangan.

Madyar "Tisa" hukmati ushbu jarayonni to‘xtatishini va Vengriyaning XJS a’zosi sifatida qolishini ta’minlashga qat’iy bel bog‘laganini bildirdi.

U Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu masalasiga izoh berar ekan: "Agar mamlakat XJS a’zosi bo‘lsa va uning hududiga qidiruvda bo‘lgan shaxs kirsa, u albatta hibsga olinishi kerak", dedi.

Madyar bu pozitsiyani Isroil bosh vaziriga ochiq yetkazganini va "hech narsani yashirmaganini" ta’kidladi.

Avvalroq Isroilning Vengriyadagi elchisi Maya Kadosh Madyar Netanyahuni telefon orqali Vengriyaga taklif qilganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxu va Madyar "iliq suhbat" o‘tkazgan va Isroil bosh vaziri taklifni qabul qilgan.

Madyar esa jurnalistlarga izoh berib, saylovdagi g‘alabadan so‘ng mulogot qilgan "barcha davlat rahbarlarini" 1956 yilgi inqilobning 70 yilligiga taklif qilganini bildirdi.

2024 yil noyabr oyida Xalqaro jinoyiy sud Netanyaxu va o‘sha paytdagi Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlarda ayblab, ularni hibsga olish bo‘yicha order chiqargan edi. 

Shundan bir kun o‘tib, Viktor Orban Netanyahuni Vengriyaga taklif qilib, u hibsga olinmasligiga kafolat bergan va XJS qarorini "beandisha, ikkiuzlama va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan" deb atagan. Netanyaxu 2025 yil aprel oyida Vengriyaga tashrif buyurgan.

2026 yil aprel oyida Orban ma’muriyati Vengriyaning XJS yurisdiktsiyasidan chiqish jarayoni boshlanganini ma’lum qilgan. Iyun oyida esa mamlakat BMT bosh kotibiga chiqish bo‘yicha rasmiy bildirishnoma yuborgan.

12 aprel kunida Vengriyada o‘tkazilgan parlament saylovlarida Peter Madyar boshchiligidagi "Tisa" partiyasi g‘alaba qozonib, konstitutsion ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, 16 yil davomida bosh vazir bo‘lgan Viktor Orbanni ushbu lavozimni tark etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:50

    Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?

    Ukraina tomoniga ko‘ra, markaziy osiyoliklar asosan piyoda qo‘shin sifatida, eng xavfli yo‘nalishlarga yuborilmogda.

    'Gazo infratuzilmasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:42

    Gazo infratuzilmasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

    DP World va Donald Trump bilan bog'liq "Tinchlik Kengashi" vakillari G'azo sektorida ta'minot zanjiri va infratuzilma loyihalarini boshqarish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi.

    'Afg‘onistonda uy-joy qurilishiga oid yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:03

    Afg‘onistonda uy-joy qurilishiga oid yangi tartib joriy etildi

    Endilikda aholi uy qurishdan oldin mahalliy masjid imomlari va jamoat vokillaridan ruxsat olishi belgilangan.

    'Yaponiya siyosatida katta o‘zgarish yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:19

    Yaponiya siyosatida katta o‘zgarish yuz berdi

    Yaponiya hukumati o‘limga olib keluvchi qurollar eksportiga qo‘yilgan uzoq yillik taqiqni bekor qildi.

    'Abdulqodir Husanov CIES tahligiga ko‘ra U23 eng yaxshilar qatorida'ning rasmi

    Dunyo 20.04.2026 16:22

    Abdulqodir Husanov CIES tahligiga ko‘ra U23 eng yaxshilar qatorida

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Manchester City himoyachisi yosh futbolchilar reytingida top-20 ga kirdi.

    'Maldivda sayyoh akula hujumi ortidan oyogʻidan ayrildi'ning rasmi

    Dunyo 20.04.2026 06:47

    Maldivda sayyoh akula hujumi ortidan oyogʻidan ayrildi

    Asal oyini o‘tkazish uchun kelgan ispaniyalik erkak og‘ir jarohat oldi.