AsosiyDunyo

G‘azoda uch nafar bola halok bo‘ldi

Isroil G‘azoda amalga oshirgan zarba oqibatida besh kishi, jumladan uch nafar bola halok bo‘lgani xabar qilindi.

'G‘azoda uch nafar bola halok bo‘ldi'ning rasmi

Mahalliy sog'liqni saqlash idoralari ma'lumotiga ko'ra, Al-Qassam masjidi yaqinida sodir bo'lgan havo hujumi natijasida besh nafar falastinlik, shu jumladan uch bola vafot etgan. Ularning jasadlari G'azo shahridagi Al-Shifo shifoxonasiga olib kelingani aytilmoqda. Bolalarning aniq yoshi hozircha ma'lum qilinmagan.

Shifoxona vakillari jasadlar qabul qilinganini tasdiqlagan.

G'azo hukumatiga qarashli OAV idorasi bildirishicha, oktyabr oyida HAMAS bilan e'lon qilingan o't ochishni to'xtatish kelishuvi Isroil tomonidan 2400 marta buzilgani aytilmoqda. Bular qatorida maqsadli zarbalar, hibsga olish holatlari, blokadalar va aholiga nisbatan cheklovlar qayd etilgan.

"Save the Children" tashkiloti sentyabr oyidagi hisobotida G'azodagi nizo davomida 20 mingdan ortiq bola halok bo'lganini ma'lum qilgan. Tashkilot ma'lumotlariga ko'ra, har soatda o'rtacha kamida bir bola hayotdan ko'z yummoqda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh 2023 yil noyabrida G'azodagi vaziyatni "bolalar qabristoni" deb ta'riflagan.

Shu bilan birga, turli tomonlar G'azoga gumanitar yordam, jumladan oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur mahsulotlar kirishi cheklanayotgani haqida ham bayonotlar bermoqda. Bu hududda taxminan 2,4 million aholi, jumladan ko'chirilgan minglab insonlar og'ir sharoitda yashamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh-Eron urishi Xitoyga zarar yetkazmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:17

    AQSh-Eron urishi Xitoyga zarar yetkazmoqda

    Xitoy Tramp joriy etgan bojxona tariflariga bardosh bergan bo‘lsa-da, Eron atrofidagi urush iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    'AQSh 38 yildan so‘ng ilk bor paluba artilleriyasidan foydalandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:25

    AQSh 38 yildan so‘ng ilk bor paluba artilleriyasidan foydalandi

    Oxirgi bor bunday holat 1988 yilda, Eron–Iroq urushi davrida amalga oshirilgan edi.

    'Germaniya aviakompaniyasi yoqilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi.'ning rasmi

    Dunyo 22.04.2026 14:39

    Germaniya aviakompaniyasi yoqilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi.

    Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yana bir qator aviakompaniyalarda reyslar qisqartirilib, aviachiptalar narxi oshirildi.

    'Los-Anjelesda kichik samolyot elektr simlariga urilib quladi'ning rasmi

    Dunyo 22.04.2026 09:04

    Los-Anjelesda kichik samolyot elektr simlariga urilib quladi

    Kecha, 21 aprel kuni AQShning Los-Anjeles shahrida kichik samolyot parvoz paytida elektr uzatish simlariga urilib, qulagan.

    'Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 11:10

    Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi

    Vengriya Xalqaro jinoiy sud aʼzosi sifatida qidiruvdagi shaxs mamlakat hududiga kirsa, uni qoʻlga olishi mumkin.

    'Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 09:50

    Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?

    Ukraina tomoniga ko‘ra, markaziy osiyoliklar asosan piyoda qo‘shin sifatida, eng xavfli yo‘nalishlarga yuborilmogda.