AsosiyDunyo

Mujtaba Homidiy maxfiy muzokaralarda ishtirok etgani aytilmoqda

Hozirda tomonlar rasmiy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

'Mujtaba Homidiy maxfiy muzokaralarda ishtirok etgani aytilmoqda'ning rasmi

AQSh va Eron o'rtasida keskinlik kuchaygan bir paytda, parda ortida olib borilgan diplomatik jarayonda Eron oliy rahbarining o'g'li Mujtaba Xamenaiy ishtirok etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu omil sulh kelishuviga erishishda hal qiluvchi bo'lgani aytilmoqda.

Axios nashri ma'lumotlariga ko'ra, Mujtaba Xamenaiy xavfsizlik sababli muzokaralarda bevosita emas, balki yozma ravishda kurerlar orqali qatnashgan. Manbalar ta'kidlashicha, aynan uning roziligi ikki haftalik o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga yo'l ochgan.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan Eronga nisbatan keskin bayonotlar yangrayotgan, hatto "butun bir tamaddunni yo'q qilish" tahdidi ham bildirilgan. Biroq shu vaqtning o'zida Vashington va Tehron o'rtasida faol diplomatik aloqalar davom etgan.

Muzokaralarda Stiv Uitkoff, Abbos Aroqchi va boshqa xalqaro vositachilar ishtirok etgan. Pokiston, Turkiya va Misr diplomatlari kelishmovchiliklarni yumshatishda muhim rol o'ynagan.

Yakunda, Jey Di Vens ham jarayonga qo'shilib, muzokaralarni muvofiqlashtirgan. Tomonlar o'rtasida "umumiy anglashuv" shakllangach, Trump kelishuvni ma'qullagan va harbiy harakatlar to'xtatilgan.

Manbalarga ko'ra, Mujtaba Xamenaiyning ishtiroki "katta natija" sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, uning otasi — Eron oliy rahbari ahvoli va qaror qabul qilishdagi ishtiroki haqida turli qarashlar mavjud.

Hozirda tomonlar rasmiy muzokaralarga tayyorgarlik ko'rmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, keng qamrovli uchrashuvlar 10 apreldan boshlanishi mumkin. Ammo AQSh va Eron o'rtasidagi ziddiyatlar hali ham saqlanib qolmoqda va vaziyat yana keskinlashishi ehtimoli istisno etilmayapti.

    Boshqa yangiliklar