AQSh prezidenti Donald Trump NATOni Eron bilan bog‘liq mojaroda Vashingtonni qo‘llab-quvvatlamaganlikda aybladi. Bu haqda u Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Rütte bilan bo‘lib o‘tgan shaxsiy uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
Trump Truth Social tarmog‘idagi sahifasida shunday yozdi: “NATO bizga kerak bo‘lgan paytda u yerda emas edi va agar yana kerak bo‘lsa, ular ham bo‘lmaydi”.
Shu bilan birga, Mark Rütte CNN telekanaliga bergan intervyusida Trump bilan uchrashuvni “juda ochiq” deb ta’rifladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mulogot davomida ayrim kelishmovchiliklar ham kuzatilgan.
Ma’lum qilinishicha, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralar oldidan Trump transatlantik harbiy ittifoqdan chiqish g‘oyasini ham ko‘rib chiqqan. Bunga ayrim NATO davlatlarining Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamaganligi sabab bo‘lgan. Ushbu masala global neft narxlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
So‘nggi haftalarda Trump 32 a’zodan iborat NATO ittifoqidan chiqish ehtimolini bir necha bor tilga olgan.






