AsosiyDunyo

AQSh Xarg oroliga zarha berdi

Orol dengizida bir nechta portlashlar sodir bo‘lgani xabar qilinmoqda.

'AQSh Xarg oroliga zarha berdi'ning rasmi

Bugun, 7 aprel kuni Eronning Xarg orolida bir nechta portlashlar yuz berdi. "Mehr" axborot agentligiga ko‘ra, orolga bir necha bor hujum qilingan va portlash ovozlari eshitilgan.

Xarg oroli Eron neft eksportining asosiy markazi bo‘lib, mamlakatdan chiqariladigan neftning qariyb 90 foizi shu yer orqali jahon bozoriga yo‘naltiriladi. Strategik ahamiyatga ega mazkur hudud Fors ko‘rfazining shimolida joylashgan.

Avvalroq AQSh Prezidenti Donald Trump oroldagi harbiy ob’yektlarga zarba berilganini bildirgan va zarur holatda neft infratuzilmasiga ham zarba berilishi mumkinligini istisno etmagan edi.

Eron tomoni esa bunday harakatlarga javoban mintaqadagi AQSh va uning ittifoqchilariga tegishli neft-gaz ob’yektlari nishonga olinishi mumkinligini ma’lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar