AsosiyDunyo

Bangladeshda qizamishdan 100 ga yaqin bola vafot etdi

Qizamiq belgilari aniq bolalar soni 6,476 nafarga etgan.

'Bangladeshda qizamishdan 100 ga yaqin bola vafot etdi'ning rasmi

Bangladesh sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi uch hafta ichida kamida 98 nafar bola qizamiq kasalligi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Bangladesh Sog‘liqni saqlash vazirligi 6 oydan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida qizamiq belgilari qayd etilganlar soni 6,476 nafarga yetganini ma’lum qilgan. Yuqumli kasalliklarni nazorat qilish bo‘yicha direktor Halimur Rashidning aytishicha, bu ko‘rsatkich avvalgi yillarga nisbatan ancha yuqori.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda eng katta qizamiq epidemiyasi 2005 yilda qayd etilgan bo‘lib, unda 25,934 ta holat qayd qilingan. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada kamaygan, ammo joriy yilda yana oshgan. Rashid epidemiyani “vaksina yetishmovchiligi va boshqa omillar” bilan izohlagan.

Olti oydan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida tasdiqlangan 826 ta qizamiq holati bo‘lib, ularning 16 nafari vafot etgan. Ko‘plab holatlarda qizamiqqa test o‘tkazilmagan yoki bemor tahsil natijalari chiqmasdan vafot etgan.

Qayd etilishicha, Bangladesh yuqumli kasalliklar bilan kurashida emlash bo‘yicha yutuqlarga erishgan, ammo 2024 yil iyun oyidagi qizamiqqa qarshi emlash kampaniyasi o‘sha yilgi isyon tufayli kechikgan. 

Shuningdek, Qizamiq va qizilchani tekshirish milliy qo‘mitasi rahbari Mahmudur Rahmon emlash dasturlarining yetarli bo‘lmaganligi sababli 2025 yil dekabrgacha kasallanganlar sonini nolga tushirish maqsadiga erisha olmaganliklarini tan oldi.

Poytaxt Dakka eng ko‘p zararlangan 30 ta hududni aniklab, emlash kampaniyasini boshladi. Sog‘liqni saqlash vaziri dastur avval eng og‘ir hududlarni qamrab olishini, keyinchalik esa boshqa hududlarga kengaytirilishini ma’lum qildi.

Sobiq rasmiy va jamoat sog‘ligi eksperti Tajul Islom A Bari, mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, vaksinalarni xarid qilish amalga oshirilmaganini aytib, vaziyatni “dahshatli” deb baholadi.

    Boshqa yangiliklar