Armaniston Rossiya gaz narxi oshsa, Ko‘p tomonlama xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YOYII) chiqishi mumkin. Bu haqda Armaniston parlamenti so‘zlovchisi Alen Simonyan ma’lum qildi.
U shunday vaziyatning yuzaga kelishiga ishonmasligini ta’kidladi. “Tovarlar va gaz narxi bilan bog‘liq bunday gaplar yangilik emas. Agar shunday qaror qabul qilinsa, Armaniston o‘z qarorini qabul qiladi va KXShT hamda YOYIIdan chiqadi. Lekin menimcha, ish bu darajaga etib bormaydi, chunki rahbarlar o‘rtasida yaxshi va samarali muloqot bo‘lgan”, dedi Simonyan brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning Moskvadagi uchrashuvini nazarda tutgan va bunday masalalar odatda davlat rahbarlari o‘rtasida ochiq muloqotda muhokama qilinishiga e’tibor qaratdi.
U shunga ham qo‘shib: “Biz Rossiyaga qarshi hech narsa qilmaganmiz va qilmaymiz. Lekin Armaniston manfaatlarini himoya qilish davom etadi”, dedi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Armanistonning KXShTdagi ishtiroki muzlatilgani va 2025 yilda to‘laqonli qaytish rejasi yo‘qligi ma’lum qilingan. Rossiya va KXShT bilan kelishmovchilik esa Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar to‘qnashuvlardan keyin paydo bo‘lgan. Biroq, Moskva ustun rol o‘ynaydigan tashkilot faqat “havotir” va “ta’ziya” bildirish bilan cheklangan.






