AsosiyDunyo

AQSh va Eron o'rtasida keskin bayonotlar almashinuvi: yo'qolgan uchuvchi qidirilmoqda

Eron rasmiylari aholini bedarak yo‘qolgan ekipaj a’zosini tirik holda topishga chaqirmoqda.

'AQSh va Eron o'rtasida keskin bayonotlar almashinuvi: yo'qolgan uchuvchi qidirilmoqda'ning rasmi

Donald Trump Eron bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda "keng ko‘lamli vayronagarchilik" yuz berishi mumkinligini bildirdi. Bu esa Eron tomonidan ham keskin javob bayonotlari berilishiga sabab bo‘ldi.

Eron harbiylari vakiliga ko‘ra, agar AQSH hamda Isroil mojaroni kuchaytirishda davom etsa, butun mintaqa "do‘zax"ga aylanishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, shanba kuni Eron Fors ko‘rfazi davlatlari, Iroq va Isroilga raketa zarbalari bergan. Ushlab qolingan raketalar qoldiqlari ayrim hududlarda zarar keltirgan.

Shu bilan birga, AQSH va Eron kuchlari janubiy Eron osmonida AQShning F-15 jangovar samolyoti urib tushirilganidan so‘ng yo‘qolgan amerikalik ekipaj a’zosini qidirish ishlarini olib bormoqda. AQSH ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, uchuvchi qutqarilgan.

Eron rasmiylari aholini bedarak yo‘qolgan ekipaj a’zosini tirik holida topishga chaqirmoqda hamda uni qo‘lga olganlar uchun mukofot va’da qilgan.

Shuningdek, Trump Truth Social tarmog‘idagi bayonotida, agar 48 soat ichida Hormuz bo‘g‘ozi ochilmasa, "butun do‘zax ularga hukmronlik qiladi", deya ogohlantirgan.

Keyinchalik "Hatom al-Anbiyo" markaziy shtabi matbuot kotibi Ebrohim Zolfag‘oriy ham keskin bayonot berib, "Agar dushmanlik kuchaysa, butun hudud siz uchun do‘zaxga aylanadi. Eronni yengish haqidagi xayollar botqoqqa aylanadi va siz unga cho‘kib ketasiz", deya ta’kidlagan.

Trump, shuningdek, o‘z bayonotida hujumlardan so‘ng Eronning qator harbiy rahbarlari lavozimidan olinganini ham qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar