Qozog‘istonda uch kunlik yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotishga uringan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiston viloyatida yashovchi 23 yoshli ayol o‘zining yangi tug‘ilgan qizini 800 ming tengaga sotmoqchi bo‘lgan. U homiladorlikning so‘nggi bosqichidayog ijtimoiy tarmoqlar orqali xaridor izlagan.
Politsiya xodimlari jinoyat niyatini hujjatlashtirgach, chaqaloqni pul evaziga topshirish vaqtida maxsus operatsiya o‘tkazib, gumondorni qo‘lga olgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayol vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Yangi tug‘ilgan qizaloq shifokorlar nazoratiga olingan bo‘lib, uning hayoti va sog‘lig‘ida hech qanday xavf yo‘q.






