AsosiyDunyo

Hindiston Eron neftini import qilishni qayta tiklandi

Hindiston 7 yildan so‘ng ilk bor Eron neftini sotib oldi.

'Hindiston Eron neftini import qilishni qayta tiklandi'ning rasmi

Hindiston Yaqin Sharqdag geosiyosiy vaziyat keskinlashgan bir paytda Eron neftini xarid qilishni yana yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda 4 aprel kuni Hindiston Neft’ va tabiiy gaz vazirligi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Erondan Hindistonga neft etkazib berish 2019 yilda AQSH sanksiyalari sabab to‘xtatilgan edi. Reuters xabariga ko‘ra, shu vaqtdan buyon Hindiston Eron neftini import qilmagan.

Vazirlikga ko‘ra, yangi kelishuv doirasida to‘lovlar bilan bog‘liq hech qanday muammo yuzaga kelmagan.

Bayonotda qayd etilishicha, Yaqin Sharqdagi ta’minotdag uzilishlar fonida Hindiston neftni qayta ishlash korxonalari o‘zlarini yetarli miqdordagi xom ashyo bilan ta’minlashga erishgan, jumladan Eron hisobiga ham.

Bloomberg Kpler tahliy kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, 4 aprel kuni Hindistonning Vadinar portiga yo‘l olgan Eron nefti ortigan Ping Shun tankeri to‘lov bilan bog‘liq muammolar sabab yo‘nalishini Xitoyga o‘zgartirgani haqida xabar bergan edi.

    Boshqa yangiliklar