Xitoy Amerika rasmiylarini AQShda “dushmanona so‘roq” natijasida o‘ldirilgan xitoylik yarimo‘tkazgich tadqiqotchisining o‘limini tergov qilishga chaqirdi.
AQSh ommaviy axborot vositalari tadqiqotchining Michigan universitetidan Danxao Vang ekanini aniqlandi. CBS News xabariga ko‘ra, Vang federal tergovchilar bilan suhbatlashgandan so‘ng qisqa vaqt ichida vafot etgan.
Michigan Universiteti bayonotida 19-mart kuni kampus binosidan yiqilgan tadqiqotchining “o‘ziga zarar yetkazish ehtimoli bo‘lgan harakat” sababli vafot etgani aytiladi.
AQShdagi Xitoy elchixonasi matbuot kotibi Liu Penguy payshanba kuni BBCga “bu fojadan chuqur iztirobda” ekanini bildirgan. U Xitoyning AQShning tegishli hukumat idoralari va universitetlariga bir necha bor jiddiy murojaat qilganini, jabrlanuvchining oilasi bilan bog‘lanib, “oqibatlarga faol yordam ko‘rsatishga” chaqirganini qo‘shimcha qilgan.
Shuningdek, Liu AQShdagi xitoylik talabalarga “havfsizlikni oshirish” va “AQSh huquqni muhofaza qilish organlari harakatlarini to‘g‘ri boshqarish” zarurligini eslatti.
Universitet ham, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ham tadqiqotchining shaxsini rasman tasdiqlashdan bosh tortdi, oilaga va shaxsiy hayotga hurmatni ta’kidladi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning chorshanba kuni BBCga Vang ishi yuzasidan AQShda tergov o‘tkazishni takrorladi.






