AsosiyDunyo

Dunyoda har 30 soniyada bir kishi gepatitdan vafot etmoqda

Virusni yuqtirgan bemorlarning aksariyati o‘z kasalligidan bexabar.

'Dunyoda har 30 soniyada bir kishi gepatitdan vafot etmoqda'ning rasmi

28 iyun dunyo bo‘ylab Xalqaro gepatitga qarshi kurash kunida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kasallikni yo‘q qilish va asoratlarini bartaraf etishga qaratilgan bayonot bilan chiqdi.

 

Bayonotga ko‘ra, sayyora bo‘ylab har 30 soniyada bitta bemor og‘ir jigar xastaligi yoki virusli gepatit sabab kelib chiqadigan saratondan vafot etmoqda. Shunga qaramay, epidemiyani to‘xtatish uchun barcha imkoniyatlar hamda vositalar yetarli.

 

Ma’lum qilinishicha, gepatitning A, V, S, D VA Ye turlari o‘tkir jigar kasalliklarining asosiy omili hisoblanib, faqat V, S, D turlari jigar yetishmovchiligi va sirrozi kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

 

Shu sababdan aksariyat bemorlar virusni yuqtirganidan bexabar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda gepatitning V, S va D turlariga chalingan 300 milliondan ortiq bemor bo‘lib, ulardan har yili 1,3 million nafardan ziyodi xastalik sabab vafot etmoqda.

 

Ma’lumot uchun, gepatit bo‘yicha milliy harakat rejasiga ega mamlakatlar soni 2025 yilda 59 tadan 123 taga ko‘paygan. Joriy yilda 129 ta davlat homilador ayollarda gepatit B ni tekshirish siyosatini ishlab chiqqan. Bu 2024 yilga solishtirganda 23 ta ko‘p.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Germaniya aviakompaniyasi yoqilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi.'ning rasmi

    Dunyo 22.04.2026 14:39

    Germaniya aviakompaniyasi yoqilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi.

    Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yana bir qator aviakompaniyalarda reyslar qisqartirilib, aviachiptalar narxi oshirildi.

    'Los-Anjelesda kichik samolyot elektr simlariga urilib quladi'ning rasmi

    Dunyo 22.04.2026 09:04

    Los-Anjelesda kichik samolyot elektr simlariga urilib quladi

    Kecha, 21 aprel kuni AQShning Los-Anjeles shahrida kichik samolyot parvoz paytida elektr uzatish simlariga urilib, qulagan.

    'Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 11:10

    Isroil bosh vaziri Vengriyaga borsa hibsga olinadi

    Vengriya Xalqaro jinoiy sud aʼzosi sifatida qidiruvdagi shaxs mamlakat hududiga kirsa, uni qoʻlga olishi mumkin.

    'Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 09:50

    Россия армиясида 13 мингга яқин марказий осиёлик борми?

    Ukraina tomoniga ko‘ra, markaziy osiyoliklar asosan piyoda qo‘shin sifatida, eng xavfli yo‘nalishlarga yuborilmogda.

    'Gazo infratuzilmasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 08:42

    Gazo infratuzilmasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

    DP World va Donald Trump bilan bog'liq "Tinchlik Kengashi" vakillari G'azo sektorida ta'minot zanjiri va infratuzilma loyihalarini boshqarish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi.

    'Afg‘onistonda uy-joy qurilishiga oid yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

    Dunyo 21.04.2026 07:03

    Afg‘onistonda uy-joy qurilishiga oid yangi tartib joriy etildi

    Endilikda aholi uy qurishdan oldin mahalliy masjid imomlari va jamoat vokillaridan ruxsat olishi belgilangan.